Xitoy butun dunyodan geniylarni jalb etishni boshlaydi

Xitoy butun dunyodan geniylarni jalb etishni boshlaydi

Demokratik davlatlar barcha teng huquqli, jamiyatda jinsi, millati, irqi yoki aqliy rivojlanishidan qat’iy nazar, barchaga bir xil imkoniyat berish kerak deb turgan bir vaqtda, Xitoy butunlay boshqacha g‘oya bilan chiqmoqda.
Xususan, yaqinda XXR raisi Ci Szinpin yangi tashabbusi bilan chiqdi. Xitoyda umumdavlat miqyosida iqtidorli shaxslar bilan ishlashga mo‘ljallangan yangi dastur qabul qilindi.
Unda aytishiga ko‘ra, kelajakda Xitoy professional iste’dod va innovatorlarning to‘planadigan eng yirik global markaziga aylanmoqchi. Ushbu maqsadda Si Szinpin qanday g‘oyalar taklif qilgani bilan batafsil tanishaylik:
inson resurslarini mamlakat taraqqiyotida ustuvor vazifaga aylantirish;
iste’dodli odamlarni muntazam tarbiyalashga ko‘maklashish;
eng yaxshi aqllarni to‘plash va ularning tajribasidan to‘liq foydalanish;
iqtidorli odamlarni osongina aniqlash, yuqori baholanish va hurmat qilish uchun qulay muhit yaratish;
"Ilm-fan ruhini" targ‘ib qilish.
Yuqoridagi sharoitlar yaratib berilganda, iqtidorli odamlar o‘z qobiliyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu vazifani Xitoy o‘zining yaqin kelajagi uchun eng muhim vazifa deb hisoblaydi. Davlat rahbari nutqida aniq sanalar ham ko‘rsatilgan.
U yerda yana bir gap aytilgan: “Xitoy har qanday yangilikning asosiy sohalarida ishlaydigan dunyodagi eng yaxshi aqllar uchun magnitga aylanishi kerak”.
Aslida XXR ayrim sohalarda allaqachon ana shunday “magnitga” aylangan va yaqin orada XXR dunyoning “texnologik etakchisiga aylanishiga” ham shubha yo‘q. Bu jarayon uchun, albatta, juda juda ko‘p pul ajratiladi, lekin “inson resurslari” puldan ko‘ra muhimroq.
Si Szinpin aytishiga ko‘ra, iqtidorli mutaxassislar nafaqat pul bilan, balkim qiziqarli vazifalar bilan ham jalb qilinadi. Aksariyat holda bunday markazlar universitetlar va yirik korporasiyalar shtab-kvartiralari atroflarida tashkil qilinadi. “Agar siz bunday odamlardan to‘liq majburiyat olishni istasangiz, ularni qadrlash va hurmat qilish kerak”, - deydi XXR raisi.

Eslatib o‘tamiz, bugun butun dunyo amin bo‘layotgan Xitoy mo‘jizasi ham shunday boshlangan edi. Birinchi bosqichda Pekin alohida yuridik maqom va o‘z qonunlariga ega bo‘lgan “iqtisodiy zonalar” tashkil qilgan edi. U yerda deyarli hamma narsaga ruxsat berilgan edi.
Xo‘sh, yangi “aqlli kishilar” uchun yaratilayotgan markazlar qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? Balkim bunday markazlar boshqa hech kim yashamaydigan orollarda qurilar? Balkim u yerda svetoforning qizil chirog‘iga ko‘chani kesib o‘tish, uylar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘priklar qurishga ruxsat berilar? Eng asosiysi geniylarga har qanday g‘oyalar, mafkuralar haqida senzurasiz gaplashishga ruxsat berilar?
Hech qanday orolsiz, ana shu erkinlikning o‘zi ham dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan qobiliyatli insonlar uchun kuchli “magnit” bo‘lishi mumkin.
Xitoy OAVlaridan olingan so‘nggi xabarlardan biriga e’tibor beramiz. Huawei kompaniyasi asoschisi Jen Chjenfey yaqinda kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi izlanishlar markazini – qobiliyatlarni yollash markaziga aylantirish haqida gapirdi. U yerga qobiliyatli insonlar nafaqat Amerika yoki Kanadadan, balkim dunyoning istalgan nuqtasidan jalb qilinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!