Xitoy atrof-muhitni tadqiq etish uchun sun’iy yo‘ldosh uchirdi

Xitoy atrof-muhitni tadqiq etish uchun sun’iy yo‘ldosh uchirdi

2022 yil 21 sentyabr kuni Yunxay-1-03 Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi Yunxay-1-03 bilan «Chanchjen-2D» tashuvchi raketasi Xitoy shimoli-g‘arbidagi Szyusyuan kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi, deya xabar bermoqda Sinhua.

Uchirish normal rejimda bo‘lib o‘tdi, masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi berilgan orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi. Yangi sun’iy yo‘ldosh asosan atmosfera, dengiz va koinot fazosini tadqiq qilish, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va ilmiy tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi, deyiladi xabarda.

«Chanchjen» seriyasidagi raketalar uchun bu 438-parvoz bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!