Xitoy AQShga tahdid qildi

Xitoy AQShga tahdid qildi

Xitoy hukumati AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan taqdirda samarali qarshilik ko‘rsatadi.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszyan ma’lum qildi.
“Pelosining Tayvanga kelishi AQSh tomonidan Xitoyning ichki siyosatiga qo‘pol ravishda aralashish sifatida baholanadi va bu o‘ta og‘ir oqibatlarga olib keladi”, dedi u jurnalistlar uchun brifingda.

“Xitoy xalq ozodlik armiyasi qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi”.
Diplomatning ta’kidicha, amerikalik spikerning bunday amali Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni beqarorlashtirishi va AQSH-Xitoy munosabatiga putur yetkazishi mumkin.
“Xitoy, albatta, bunga qarshi qat’iy va samarali chora ko‘radi”, dedi TIV vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!