Xitoy: "AQSh Rossiyani zaiflashtirish uchun Ukraina urushini cho‘zmoqchi"

Xitoy: "AQSh Rossiyani zaiflashtirish uchun Ukraina urushini cho‘zmoqchi"

Xitoylik xalqaro aloqalar bo‘yicha ekspert va Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqotchisi Lyu Szyan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Kiyevga kelishi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgani sababini aytdi. Uning so‘zlarini Global Times keltirgan.

Lyu Syanga ko‘ra, bu tashrif Qo‘shma Shtatlar Rossiyani zaiflashtirish uchun Ukraina bo‘yicha mojaroni uzaytirish niyatida ekanidan dalolat beradi. U Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Vashington va G‘arb davlatlari “Kiyev rejimini so‘nggi ukrainalikkacha kurashishga qo‘zg‘atishga” bor kuchini sarflayotgani haqidagi so‘zlarini esladi.

Pelosining safari va Kongressning qurol va o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan misli ko‘rilmagan 33 milliard dollarlik harbiy yordamni ko‘rib chiqishi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin, deydi ekspert.

“AQSh Pelosining tashrifi AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatishiga umid qilmoqda. Vashington Moskvani zaiflashtirish uchun o‘z kuchlarini Ukraina inqirozining uzoq davom etishiga tortdi”, dedi Lyu Syan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!