Xitoy Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari va vaksinalarni yetkazib beradi

Xitoy Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari va vaksinalarni yetkazib beradi

Xitoy Afg‘onistonga umumiy qiymati 200 million yuan (taxminan 30,9 million dollar) bo‘lgan oziq -ovqat, qishki mahsulotlar, vaksinalar va dori-darmonlarni zudlik bilan yetkazib berishga qaror qildi, bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.
"Afg‘on xalqining ehtiyojlaridan kelib chiqib, Xitoy zudlik bilan umumiy qiymati 200 million yuanga oziq -ovqat, qishki mahsulotlar, vaksina va dori -darmonlar yetkazib berishga qaror qildi", - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xavfsizlik sharoitlari yaratilgandan so‘ng, Xitoy Afg‘onistonga odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga, Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan qayta qurish va iqtisodiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Van I Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!