Xitoy Afg‘onistonga 400 ming doza koronavirusga qarshi vaksina beradi

Xitoy Afg‘onistonga 400 ming doza koronavirusga qarshi vaksina beradi

Xitoy Afg‘onistonga COVID-19’ga qarshi 400 ming doza vaksina beradi. Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vohid Majro va Xitoyning Kobuldagi elchisi Van Yu o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu masala bo‘yicha kelishib olindi. Bu haqda «Afghanistan.ru» xabar berdi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Xitoy vaksinasi barcha xalqaro standardlarga javob beradi va 30 dan ortiq mamlakatda favqulodda qabul qilish uchun ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston avvalroq Hindistondan 500 ming doza vaksina qabul qilib olgan edi. Mamlakatda o‘tgan haftadan boshlab aholini vaksinasiya qilish boshlandi. Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, vaksinani birinchi bo‘lib xavfsizlik xizmati va tibbiyot xodimlari oladi. Ikkinchi bosqichda surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan mahalliy aholi emlanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘oniston hududida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 55 759 nafarga yetdi, ularning 49 343 nafari sog‘ayib, 2446 bemor koronavirus qurboniga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!