“Xiaomi”ning AQSh qora ro‘yxatiga kiritilishi aksiyalarning 11 foizga pasayishiga olib keldi

“Xiaomi”ning AQSh qora ro‘yxatiga kiritilishi aksiyalarning 11 foizga pasayishiga olib keldi

Xitoyning “Xiaomi” smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi aksiyalari AQSh qora ro‘yxati sabab keskin tushib ketdi. Bu haqda Gonkong fond birjasi ma’lumotlariga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, savdolar ochilishida kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari 11,18 foizga arzonlashgan.

Ma’lum qilinishicha, AQSh ma’muriyati to‘qqizta Xitoy kompaniyasi, shu jumladan, smartfon ishlab chiqaruvchi “Xiaomi” kompaniyasini harbiylar bilan aloqalari tufayli amerikalik investorlar uchun taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritgan.

Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2021 yil 11 yanvardan Amerika fuqarolari va kompaniyalariga Xitoy armiyasi bilan bog‘liq firmalarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday kompaniyalar mablag‘larni yig‘adi va o‘z aksiyalarini aksiyalar indekslariga kiritish uchun ariza topshiradi, shundan so‘ng mablag‘lar XXR harbiy-sanoat kompleksiga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!