“Xiaomi” narxi avtomobil bahosiga teng televizorini sotuvga chiqarmoqda

“Xiaomi” narxi avtomobil bahosiga teng televizorini sotuvga chiqarmoqda

“Xiaomi” o‘zining “Mi TV Lux Ultra” deb nomlangan smart-televizorini namoyish etdi. Televizor 82 dyuymli ekranga ega bo‘lib, displey o‘lchami 7680x4320 pikselni tashkil etadi. Ekran “miniLED” texnologiyasi asosida ishlangan.

“Mi TV Lux Ultra” ko‘plab simli va simsiz interfeyslarga ega. Bundan tashqari, u beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlay oladi. Televizorning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lib, Android tizimida ishlaydi.

Televizorning Xitoy bozoridagi narxi 50 ming yuan (7300 dollarga yaqin). Televizor 21 oktabrdan sotuvga chiqadi.

 


 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!