"Xiaomi"dan qon bosimini o‘lchovchi «aqlli» soat

"Xiaomi"dan qon bosimini o‘lchovchi «aqlli» soat

Xiaomi kompaniyasi o‘zining kollektiv moliyalashtirish platformasida asosiy vazifasi arterial bosimni o‘lchash bo‘lgan Hipee Smart Blood Pressure Watch «aqlli» soatlarini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Qurilmaning o‘ziga xosligi u sutka davomida arterial bosimni o‘lchaydi. Soatni Xiaomi Youpin platformasi orqali oldindan 77 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin.

Hipee Smart Blood Pressure Watch «aqlli» soatlarida ossillometrik texnologiyadan foydalanilgan, shuningdek, unda datchik ko‘rsatkichlarni yuqori aniqlikda farqlashi uchun yumshoq silikon yostiqchalar mavjud. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, o‘lchash aniqligi ± 3 millimetr simob ustunini tashkil etadi.

Soatlar ancha qo‘pol korpusga ega bo‘lsa-da, og‘irligi 76 grammni tashkil etadi. Qo‘lni ko‘targanda va kaftni ko‘krakka tekkizganda arterial bosimni avtomatik o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu menyudan kerakli bandni tanlash zaruratidan xalos etadi.

Hipee soatlari Bluetooth’ga ulanadi, quvvatlanish microUSB orqali, akkumulyator sig‘imi esa oshkor etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!