Xerson viloyatida qiynoqlar izlari bo‘lgan 63 ta jasad topildi

 Xerson viloyatida qiynoqlar izlari bo‘lgan 63 ta jasad topildi

"Rossiya qo‘shinlari Xersondan olib chiqib ketilganidan so‘ng Ukraina tergovchilari u yerda qiynoqlar alomatlari bo‘lgan 63 kishining jasadini topdi", deya ma’lum qildi Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Denis Monastirskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada harbiy jinoyatlarni aniqlash bo‘yicha ishlar endigina boshlangan.

"Ukraina hukumati Xerson viloyati hududida harbiy jinoyatlar bo‘yicha 436 ta jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Huquq-tartibot idoralari ruslar hibsga olingan fuqarolarni saqlagan 11 ta joyni aniqladilar. Ulardan to‘rttasida qiynoq qo‘llangan", dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!