Xavotir olmang! Xitoy COVID-19 ning alomatlarsiz tashuvchilarini ham hisobga olmoqda

Xavotir olmang! Xitoy COVID-19 ning alomatlarsiz tashuvchilarini ham hisobga olmoqda

1 apreldan boshlab Xitoyda koronavirus alomatlarsiz kuzatilayotganlar ham infeksiya to‘g‘risidagi rasmiy statistik ma’lumotlarga kiritiladi.

Bu haqda bugun Xitoy Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasining kasalliklarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Chan Szile bayonot berdi.

"Shu mavzu doirasida bo‘layotgan xavotirlarga javoban, 1 apreldan boshlab koronavirus alomatlarsiz kuzatilayotganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni epidemiologik vaziyat haqidagi kunlik hisobotlarda e’lon qilamiz", dedi Szile.

XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 31 mart holatiga asosan, mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan 1541 kishi ushbu kasallikka xos bo‘lgan alomatlari bo‘lmagan tibbiy nazoratda bo‘lgan, ularning 205 tasi boshqa davlatlardan yuqtirib kelingan holatlardir.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!