Xavi Zidan rekordini yangiladi

Xavi Zidan rekordini yangiladi

Xavi qo‘l ostidagi "Barselona" La Ligada 18 ta safar o‘yinida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.

Ispaniya chempionatining 7-turida kataloniyaliklar “Son Moish” stadionida “Malyorka”ni mag‘lub etdi (1:0). Ular Xavi qo‘l ostida safarda 13 g‘alaba va 5 bor durang o‘ynagan.

Xavi 2016 yilda Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real Madrid" tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Madridliklar 13 g‘alaba va 4 durang qayd etgan edi.

"Barselona"ning La Ligadagi navbatdagi safar o‘yini 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi - "Real Madrid"ga qarshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!