Xavi germaniyalik futbolchini "Barsa"da ko‘rmoqchi

Xavi germaniyalik futbolchini "Barsa"da ko‘rmoqchi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganga "Barselona" qiziqmoqda.

Kataloniya klubi mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Sergi Busketsning o‘rniga o‘ng qanot himoyachisi hamda markaziy yarim himoyachi sotib olmoqchi.

Xavi Busketsni Gyundogan bilan almashtirmoqchi. "Barsa" bosh murabbiyi Ilkayning markaziy yarim himoya pozisiyasiga moslasha olishiga ishonmoqda. U "Man Siti"dagilardan futbolchining maydon tashqarisida o‘zini qanday tutishini aytib berishni so‘radi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Gyundogan bilan shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi, ammo agar futbolchi ketishni istasa - klub uni saqlab qolmaydi. Shu bilan birga, kelishuvni qishda amalga oshirish mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!