"Xatolar boshqa takrorlanmaydi". FIFA JCh huquqlarini sotish bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

"Xatolar boshqa takrorlanmaydi". FIFA JCh huquqlarini sotish bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejalari uchun kechirim so‘rab rasmiy bayonot e’lon qildi.

"Biz ushbu xatolar uchun chin dildan kechirim so‘raymiz va ular boshqa takrorlanmasligiga va’da beramiz. Biz zarur tekshiruvni o‘tkazamiz va hisobot FIFA Kengashiga keyingi rejalashtirilgan yig‘ilishda taqdim etiladi.

Qolaversa, ma’lum bo‘lishicha, FIFAga a’zo assosiasiyalar va FIFA Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan bu taklif hozirda ko‘rib chiqilmayapti. Loyiha yopilishi munosabati bilan FIFA endilikda o‘zining halolligi, to‘g‘ri boshqaruv prinsiplari va belgilangan proseduralarga rioya etilishiga bo‘lgan har qanday hujumlarga toqat qilmaydi va o‘z nomi hamda obro‘sini himoya qilish va saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Har doim o‘rganadigan narsa topiladi va biz ushbu tajriba asosida jarayonlarimizni takomillashtirishni davom ettiramiz. Biroq, bu holatda ta’kidlash joizki, yo‘l qo‘yilgan xatolarga qaramay, qilingan sidqidildan bajarilgan ishlar FIFAning me’yoriy-huquqiy bazasiga to‘liq mos ravishda amalga oshirildi.

Biz siz bilan birgalikda FIFAga a’zo 211 ta assosiasiya, konfederasiya va mintaqaviy birlashmalar manfaatlari yo‘lida FIFA Forward dasturi doirasida futbolni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini faol o‘rganamiz.

Biz ushbu masala bo‘yicha sizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday savollarga javob berishga to‘liq tayyormiz va yaqin orada siz bilan ko‘rishishni intiqlik bilan kutamiz", – deyiladi FIFA Kengashi a’zolariga tashkilot prezidenti Djanni Infantino va bosh kotib Mattias Grafstrem tomonidan imzolangan xatda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada FIFAning turnir huquqlarini sotish bo‘yicha yangi tijorat tuzilmasi — FIFA Forward Enterprise (FFE) tashkil etish rejalari haqida ma’lum bo‘lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederasiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UYEFAga a’zo mamlakatlar tomonidan JChni boykot qilish tahdidlari fonida bu g‘oyadan voz kechishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.