“Xasta bo‘lma” mojarosi: Yulduz Usmonova shoirga qarshi "jang"da yutqazdi

“Xasta bo‘lma” mojarosi: Yulduz Usmonova shoirga qarshi "jang"da yutqazdi

2021 yil 20 sentyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vogar Y. Ro‘ziyev javobgar YU. Usmanovaga nisbatan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.

29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, YU. Usmanovadan da’vogar Y. Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensasiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugadi. Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Y. Ro‘ziyevning javobgar YU. Usmanovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021 yil 29 oktyabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Apellyasiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyasiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida kassasiya shikoyati (protest) berilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!