Xalqaro standartlar davlat tilida

Xalqaro standartlar davlat tilida

Mamlakat rivojida xalqaro aloqalar va o‘zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy yilda, O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan xalqaro tashkilotlarning 17 ta (ISO, IEC va MGS) texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘lindi. 84 ta sanoat korxonalarida xalqaro ISO 9001, ISO 14001, ISO 22000 va ISO 50001 standartlari joriy etilib sertifikatlashtirildi. Kelgusida esa, ISOning 6 ta texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘linib, a’zolik soni 29 taga hamda 2 ta IECning texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘lib, a’zolik soni 12 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha ham amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun Institut mutaxassislari tomonidan 3250 ta xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilindi. Elektron tarjima qilish hamda dastlabki tarjima loyihasini bevosita ishlab chiqarishda oprobasiyadan o‘tkazildi, natijada 18.5 milliard so‘m byudjet mablag‘lari tejaldi.

O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!