Xalqaro siyosatdagi yangi istiqbollar

Xalqaro siyosatdagi yangi istiqbollar

Konstitusiyaning 17-moddasiga yangi o‘zgartishlarning kiritilishi bizning fikrimizcha quyidagi holatlar bilan belgilanadi.

Birinchidan, mamlakatimiz o‘z rivojlanishining yangi bosqichida ochiqlik, izchillik va shijoati bilan aniq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosatning hozirgi va kelajakdagi strategik vazifalari mohiyatidan kelib chiqadi. Ushbu o‘zgartirish tashqi siyosatning umume’tirof etilgan prinsiplari, konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan.

Ikkinchidan, dunyoda tahlikaviy vaziyat kuzatilmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar, tortishuvlar, siyosiy taranglik turli darajadagi mojorolarni keltirib chiqarmoqda. Tabiiy ravishda ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlashishi tashqi siyosatda yangi yondashuvlarni talab etadi. Shuningdek, barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib borishga doir mazkur yangi prinsipning kiritilishi shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning o‘ziga xos mantiqiy davomi bo‘ldi, hamda mustahkam yangi konstitusiyaviy-huquqiy asoslarni shakllantiradi.

Uchinchidan, bunday o‘zgartirishlar, konstitusiyamiz normalarini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsadida kiritilmoqda. Shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishni “shaxs - jamiyat – davlat” va ijtimoiy davlat paradigmasi bilan uyg‘unlashtirishga yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Demak, Yangi o‘zgartirishlar Konstitusiyamiz normalarini inson huquq va manfaatlari va uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsadida kiritilmoqda. Bu Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish va keng ko‘lamli islohotlarning konstitusiyaviy asosi bo‘lib xizmat qiladi; davlat tashqi siyosatining xatti-harakatlari yaxlit mujassamlashgan shaklda eng oliy hujjatda siyosiy-huquqiy kafolat sifatida mustahkamlaydi. O‘z navbatida davlatimiz rivojlanishning xalqaro siyosatdagi yangi istiqbolini belgilaydi; Konstitusiyamizga barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib borishga doir mazkur yangi prinsipning kiritilishi mazkur ishlarning o‘ziga xos mantiqiy davomi bo‘ldi hamda mustahkam konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini shakllantiradi.

S.A. Jo‘rayev,

Toshkent davlat sharqshunoslik

universiteti professori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!