Xalqaro qidiruvda bo‘lgan buxorolik shaxs Turkiyada qo‘lga tushdi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan buxorolik shaxs Turkiyada qo‘lga tushdi

U Jinoyat kodeksning 5 ta moddasi bilan ayblangan.

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, "Qidiruv" maxsus tezkor profilaktik tadbirida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2015 yildan beri qidirilayotgan shaxsning Turkiya hududida yashirinib yurgan manzili aniqlangan.

U Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida ushlangan hamda O‘zbekistonga ekstradisiya qilinishi ta’minlanib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!