Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol yetti yil deganda qo‘lga tushdi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol yetti yil deganda qo‘lga tushdi

Rossiyaning Omsk aeroportida polisiya 2013 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayolni hibsga oldi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Omsk viloyati bo‘yicha bo‘limi xabar qilmoqda.

"Omsk aeroportida xalqaro qidiruvda bo‘lgan 54 yoshli Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi", - deyiladi departament xabarida.

Ta’kidlanishicha, 2013 yilda Omsk sudi ayolni jinoiy guruh tarkibida 107 ta va jami 161 million rubldan ortiq miqdorda kredit berish sohasidagi firibgarlikning ikki holati bo‘yicha aybdor deb topgan.

Ayolga nisbatan to‘rt yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, ammo u hukm e’lon qilingan kunda sudga kelmagan. Shundan so‘ng, sudlanuvchi federal, keyinroq esa xalqaro qidiruvga berilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!