Xakerlar “Davrbank”dan ” 15 milliard so‘mni “uxlatib ketishgan"

Xakerlar “Davrbank”dan ” 15 milliard so‘mni “uxlatib ketishgan"

"Kompromatuzb" telegram kanalining yozishicha, "noma’lum shaxslar XATB “Davrbank” hisob raqamiga kirib, ikki fuqaro nomiga plastik karta ochib 15 mlrd (o‘n besh milliard) so‘mni, plastikka tushirib o‘g‘irlab olishga erishgan.

Ular bu pullarni mobil ilovalar orqali boshqa kartalarga o‘tkazib, 11 mlrd 453 mln so‘mni 8-13 iyul kunlari Toshkentdagi bankomatlardan naqdlashtirib olishga erishgan.

Jinoyatchilar qidirilmoqda balki ushlangandir.

Shu o‘rinda axborot texnologiyalarini nima uchun muhimligini tushuntirish shart emas a?! Bu xakerlarlar o‘g‘irligi adashmasam O‘zbekiston tarixidagi eng ko‘p miqdordagi mablag‘ o‘marilgani bo‘lsa kerak, yana ham Markaziy bankdagilar bilishadi.

Xo‘sh bu jinoyat haqida kimdan eshitamiz, marhamat aniqlik kiritvorila. Ha yana yolg‘onchiga chiqarishmasa bo‘ldi", deyiladi manba xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!