Xabibning Getji bilan jang uchun qancha olgani ma’lum bo‘ldi

Xabibning Getji bilan jang uchun qancha olgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik jangchi, yengil vazn toifasida UFC unvoni sohibi Xabib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang uchun qancha olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi “Sportekz”.

Jang UFC 254 doirasida bo‘lib o‘tdi, rossiyalik ikkinchi raunddayoq raqibini mag‘lub etdi. G‘alabadan keyin Nurmagomedov o‘zining sportdagi karyerasini tugatayotganini e’lon qildi. Zero, ma’lum bo‘lishicha, u onasiga o‘tgan yozda vafot etgan otasisiz boshqa jang qilmaslikka va’da bergan.

Qayd etilishicha, Nurmagomedov jangdan 3 million 90 ming, Getji esa 630 ming dollar ishlab topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!