Washington Post: AQSh kattaroq urushning oldini olish uchun Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni cheklaydi

Washington Post: AQSh kattaroq urushning oldini olish uchun Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni cheklaydi

Vashington Ukrainaga milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ jo‘natmoqda va bu yetkazib berishlarni ommaviy ravishda ro‘yxatga kiritmoqda. Ammo AQSh Ukrainaning jang maydonidagi muvaffaqiyatiga yana bir muhim hissa qo‘shganini tasvirlashda ancha ehtiyotkor: Rossiya harbiylari haqidagi razvedka ma’lumotlari borasida.

AQSh va Ukraina rasmiylarining anonimlik sharti bilan nashrga aytishicha, Rossiya qo‘shinlarining joylashuvi va harakati haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida Ukrainaga kelib tushmoqda.

Vashington va Moskva o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQSh ma’muriyati razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqdi, unda AQSh Ukraina bilan bo‘lishishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turlariga ikkita keng qamrovli taqiqni belgiladi.

Birinchidan, Qo‘shma Shtatlar Rossiya qo‘mondonligi vakillarini o‘ldirishga yordam beradigan batafsil ma’lumot bera olmaydi. Bu turkumga, xususan, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va mudofaa vaziri Sergey Shoygu kiradi.

Ikkinchidan, Ukrainaga Ukraina chegaralaridan tashqarida Rossiya nishonlariga hujum qilishda yordam beradigan har qanday ma’lumotlarga tegishli, dedi manbalar. Bu qoida qisman Qo‘shma Shtatlarning Ukraina Rossiya hududida boshlashi mumkin bo‘lgan hujumlar ishtirokchisi bo‘lishining oldini olishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Vashington Ukrainaga rasmiylar "maqsadli ma’lumot" deb ataydigan narsalarni taqdim etishni taqiqlovchi qoidaga amal qiladi. Masalan, rasmiylarga ko‘ra, AQSh Ukraina kuchlariga ma’lum bir rossiyalik generalning ma’lum bir joyda aniqlanganini aytmaydi, Ukrainaga unga zarba berishda yordam bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!