Vuchich: Serbiya o‘z hududida hech qanday harbiy bazaga muhtoj emas

Vuchich: Serbiya o‘z hududida hech qanday harbiy bazaga muhtoj emas

Serbiya yetakchisi Aleksandr Vuchich “Prva” telekanalida Serbiyaga o‘z hududida harbiy bazalar kerak emasligini aytdi.

“Serbiya hech qanday harbiy bazaga muhtoj emas, Serbiya harbiy betarafligini saqlab qoladi, o‘z armiyasini mustahkamlaydi va o‘z xalqiga g‘amxo‘rlik qiladi. Mamlakatimiz mustaqil bo‘lish, siyosiy ittifoqlar qurish, yaxshi munosabatlaridan uyalmaslik uchun kuchli bo‘ladi. Rossiya, AQSH, Xitoy bilan Yevropa yo‘lida bo‘ladi va o‘z kelajagini o‘zi hal qiladi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiyaning Serbiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksandr Botsan-Xarchenko faqat modernizasiya qilingan Serbiya armiyasi tan olinmagan Kosovo vakillarini harbiy harakatlardan to‘xtatib qo‘yganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!