Voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina olib qochdi

Voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina olib qochdi

Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yil 21 noyabr kuni soat 23-50 larda tumanning Tarnaut mahallasida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda, A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan «Dirham» kafesi oldida turgan «Damas» rusumli avtomashinani olib qochadi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, viloyat miqyosida «to‘sib ushlash» maxsus rejasi harakatga keltiriladi.

Reja bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan tezkor texnik hamda qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu avtotransport vositasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!