Vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik otashkesimni taklif qildi

Vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik otashkesimni taklif qildi

​Qatar, Misr, Pokiston va boshqa mintaqaviy vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishni taklif qildi, deb xabar berdi Axios" manbalarga tayanib.

​Donald Tramp ma’muriyati ushbu taklifni o‘rganmoqda va Isroilni "diplomatik darchani yopib qo‘yishi" mumkin bo‘lgan qadamlardan tiyilishga chaqirdi. Shu bilan birga, Vashington mintaqaga ko‘proq kuch yuborib, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

​Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi yuqori jangovar shaylik holatida va "urushning to‘liq miqyosli muvofiqlashtirilgan kampaniyagacha kengayishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda".

​8 iyul kuni Tramp Tehron Xo‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga hujum qilayotgani sababli Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yakunlanganini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri AQSh Eronga zarbalar bermoqda. 13 iyul kuni Tramp Kongressni Eronga qarshi harbiy harakatlar qayta boshlangani haqida rasman xabardor qildi. U gap "tinch aholi orasidagi talofatlarni maksimal darajada kamaytiradigan" tarzda amalga oshirilayotgan "cheklangan zarbalar" haqida ketayotganini ta’kidladi. Javob tariqasida Eron Yaqin Sharqdagi Amerika ob’ektlariga zarbalar bermoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.