Volodin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Volodin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Davlat Dumasi raisi va respublika rahbari Rossiya va Turkmaniston parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Vyacheslav Volodin Turkmaniston Prezidentiga Vladimir Putinning samimiy salomini yetkazdi, shuningdek, ikki davlat rahbariyati darajasida qabul qilingan qarorlarni qonunchilik bilan ta’minlash bo‘yicha parlament yo‘nalishini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

💬 «Bugun biz o‘tgan yilning iyun oyida davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ma’qullangan va imzolangan Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklarasiyani hisobga olgan holda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish haqida suhbatlashdik. Unda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish zarurligi haqida so‘z boradi. Biz hamkorlikning samarali va foydali bo‘lishi uchun yangi formatlar haqida gaplashdik», — dedi Vyacheslav Volodin uchrashuvdan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, bugun Davlat Dumasi raisining respublika parlamenti spikeri Gulshat Mammedova bilan ham uchrashuvi rejalashtirilgan, shundan so‘ng Vyacheslav Volodin Turkmaniston parlamenti deputatlari oldida nutq so‘zlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!