Volodin rasmiy tashrif bilan Eronga boradi

Volodin rasmiy tashrif bilan Eronga boradi

Eron parlamenti jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Muhammad Sadekiyanning ma’lum qilishicha, Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin 23 yanvar, dushanba kuni rasmiy tashrif bilan Tehronga keladi.

“Rossiya Davlat dumasi spikeri ertaga, dushanba kuni Rossiya parlamenti delegasiyasi boshchiligida Eronga tashrif buyuradi”, — dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

Sadekiyanning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Rossiya va Eron o‘rtasidagi transport, energetika va sarmoya masalalari bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qilish niyatida.

19 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin eronlik hamkasbi Ibrohim Raisi bilan muzokara o‘tkazgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!