Volodin Ozarbayjonda rus tiliga bo‘lgan munosabatni o‘rnak qilib ko‘rsatdi

Volodin Ozarbayjonda rus tiliga bo‘lgan munosabatni o‘rnak qilib ko‘rsatdi

“Boshqa hamkorlarimiz bilan solishtirganda, siz rus tiliga munosib e’tibor berasiz – bu bizning aloqalarimizni rivojlantirish uchun nihoyatda muhim”, dedi Davlat Dumasi spikeri Bokuga tashrifi chog‘ida.

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Ozarbayjonda 47 ta rus tilida ta’lim beradigan maktab faoliyat ko‘rsatmoqda, Rossiya Federasiyasi ta’lim standartlariga ega yangi maktab yaratish muhokama qilinmoqda.

Volodin ta’kidlaganidek, rus tilida o‘qitiladigan maktablarning rivojlanishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va ozarbayjonlik mahalliy aholi Rossiya iqtisodiyotining turli sohalarida ishlash orqali o‘zlarini yanada samarali amalga oshirishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!