Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali suhbatlashishdi

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali suhbatlashishdi

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot chog‘ida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitini mehmondo‘stligi va a’lo darajada tashkil etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi ayrim dolzarb masalalarni, jumladan, savdo-iqtisodiy sohani ham muhokama qildilar.

“Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro niyatlar tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!