Vladimir Putin Kurilning Iturup oroliga tashrif buyurdi

Vladimir Putin Kurilning Iturup oroliga tashrif buyurdi

U "Yasniy" baliqni qayta ishlash kombinati, Kuril markaziy tuman kasalxonasi, Rossiya Qahramoni E.D. Norpolov nomidagi maktabda bo‘ldi va Saxalin viloyati gubernatori Valeriy Limarenko bilan uchrashdi.

​Gubernator Putinga hatto eng chekka hududlar aholisi bilan uchrashuvlarda ham "odamlar hammasi g‘alaba uchun demoqda", deb aytdi. "Bizning odamlar shunday. G‘oliblikning genetik kodi", — deya javob qaytardi prezident.

​Bir kun avval Putin Tinch okeani floti mashg‘ulotlarida so‘zlab, Rossiya Kuril orollari muammosini hal qilishda Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe va boshqa yapon rahbarlari bilan konstruktiv munosabatda bo‘lganini, ammo endi Tokio o‘z pozisiyasini o‘zgartirganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Rossiyaning davlat va hukumat rahbarlari Kuril orollariga jami besh marta tashrif buyurishgan. To‘rtta tashrifni Medvedev amalga oshirgan, 2010 yilda mamlakat prezidenti sifatida, 2012, 2015 va 2019 yillarda esa Rossiya hukumati raisi sifatida. 2021 yilda Iturup oroliga Bosh vazir Mixail Mishustin tashrif buyurgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трам