Vitaliy Klichko Ukraina Milliy gvardiyasiga 4 -va 5-himoya sinfidagi zirhli nimchalarni topshirdi

Vitaliy Klichko Ukraina Milliy gvardiyasiga 4 -va 5-himoya sinfidagi zirhli nimchalarni topshirdi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina Milliy gvardiyasiga 4 va 5 chi himoya sinfidagi 1200 dona zirhli nimchalarni topshirdi. Uskunalar barcha kerakli tadqiqotlar va tekshiruvlardan o‘tgan hamda tegishli sinov hisobotlariga ega, dedi Klichko.

Uning ta’kidlashicha, Kiyev ukrainalik jangchilarga har tomonlama yordam bermoqda. Oziq-ovqat, gigiyena vositalari, avtomashinalar va zarur jihozlarni yetkazib beradi. Umuman olganda, 15 000 ta zirhli nimcha va 5 000 ta dubulg‘a allaqachon Quruqlikdagi qo‘shinlar, Milliy gvardiya va chegara qo‘shinlariga topshirilgan.

Milliy gvardiya qo‘mondoni Yuriy Lebed shahar hokimiyati va Kiyevning har bir fuqarosiga ko‘rsatgan yordami uchun juda minnatdor ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!