Virusolog koronavirusga qarshi eng samarali vositani e’lon qildi

Virusolog koronavirusga qarshi eng samarali vositani e’lon qildi

Nafas olish a’zolarini himoya qilish uchun niqobdan ko‘ra samaraliroq vosita mavjud, deydi Gemalay nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazining yetakchi ilmiy xodimi, virusolog Viktor Larichev. Uning ta’kidlashicha, tibbiy niqob changlarning o‘tishiga imkon beradi, ammo qurilish respiratori bunga yo‘l qo‘ymaydi.

“Aslida, virus asosan aksa urish va yo‘tal paytida tomchilar orqali yuqadi. Niqob ham, respirator ham bu tomchilarni ushlab turadi. Virusli zarrachaning o‘zi uchmaydi, u havodagi suyuqlik tomchilarida harakat qiladi va niqoblar uning ichkariga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo qurilish respiratori niqobdan farqli o‘laroq, chang zarralarining ham kirib borishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deydi virusolog.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!