Virus tarqalmasligi uchun: Yaponiyaliklar lift tugmasiga tegmasdan foydalanish usulini o‘ylab topishdi

Virus tarqalmasligi uchun: Yaponiyaliklar lift tugmasiga tegmasdan foydalanish usulini o‘ylab topishdi

Butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya sabab davlatlar virus tarqalishining oldini olish borasida turli usullardan foydalanishmoqda. Yaponiyada esa juda samarali usullardan foydalanishga o‘tilsa ajab emas: ular jamoat joylarida qo‘l tekkizilmasdan xavfsiz yurish usulini topishdi.

Yaponiyada turli metall detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik zavodlar koronavirus sabab yarim daromadidan ayrilishdi. Biroq zavod xodimlari vaqtlarini bekor o‘tkazishmadi, ular insonlarning jamoat joylarida turli yuzaga teginishdan qochishayotganini payqab qolishdi. To‘g‘ri-da, avtobus yoki metro dastagini kimlar ushlamaydi, lift tugmasini esa kimlar bosmaydi, deysiz?

Mana shu maqsadda zavod ishchilari metroda xavfsiz yurish va lift tugmasiga qo‘l bilan teginmaslik uchun maxsus ilgak ixtiro qilishdi. Hozirda ushbu yangilik ishlab chiqarish bosqichida turibdi va tayyor bo‘lgach faqat internet orqali sotuvga chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!