Vengriyada o‘zbekistonlik talabalarga ajratiladigan grant soni oshirildi

Vengriyada o‘zbekistonlik talabalarga ajratiladigan grant soni oshirildi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda O‘zbekiston va Vengriya davlatlari o‘rtasida imzolangan tegishli memorandumga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun Vengriya oliy ta’lim muassasalarida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish uchun yiliga jami 100 tadan ta’lim grantlari ajratib kelinmoqda edi.

Kecha Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto hamraisligida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining yuqori darajadagi navbatdagi yig‘ilishida ushbu memorandiumga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

Unga ko‘ra 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, Vengriya tomonidan har yili ajratilayotgan ta’lim grantlari soni 100 tadan 170 taga ko‘paymoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!