Vengriya va Serbiya chegarasida muhojirlar otishma uyushtirdi

Vengriya va Serbiya chegarasida muhojirlar otishma uyushtirdi

Serbiyaning Vengriya bilan chegarasi yaqinidagi Subotisa shahri chekkasida muhojirlar o‘rtasida sodir bo‘lgan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohat olib kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi shanba kuni Serbiyaning RTS telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida 16 yoshli qiz ham bor, uning hayoti xavf ostida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma muhojirlarni noqonuniy olib o‘tish bilan kim shug‘ullanishi borasidagi kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Voqea sodir bo‘lgan joy to‘sib olindi, u yerga jandarmeriyaning kuchaytirilgan bo‘linmalari, shuningdek, ichki ishlar vaziri Aleksandr Vulin yetib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!