Vengriya o‘tin eksportini taqiqladi

Vengriya o‘tin eksportini taqiqladi

Vengriyada avvalroq mamlakatdan o‘tin olib chiqishga e’lon qilingan taqiq kuchga kiradi, dedi respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Ishtvan Nad. “Mamlakatdan o‘tin olib chiqish taqiqlanadi.

Ukrainadagi urush va Bryussel sanksiyalari oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozi munosabati bilan hukumat energiya resurslari, jumladan, o‘tin eksportini taqiqlaydi. Hukumat o‘tinni xorijga eksport qilishni nazorat qiladi”, – deb yozdi Nadi ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq “yashil” tashkilotlar va muxolif partiyalar hukumatning daraxt kesishni ko‘paytirish tashabbusini tanqid qilib, bu atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavfsiragan edi. Vengriya hukumati energetika sohasida favqulodda holat e’lon qilgan edi. U yettita chora-tadbirlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakatda iloji boricha, xususan, maktablarda gaz isitishni almashtirish uchun "pechka va qozon" dasturi ishlab chiqilayotganini aytdi. Orbanning aytishicha, o‘rmon xo‘jaligi korxonalariga ko‘proq o‘tin yig‘ish ham topshirilgan.

Ukrainadagi vaziyat tufayli G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!