Vengriya Ukrainaga harbiy yordamni to‘sib qo‘ydi

Vengriya Ukrainaga harbiy yordamni to‘sib qo‘ydi

Vengriya YEIning Ukrainaga Yevropa Tinchlik Jamg‘armasining 500 million yevro miqdoridagi yordamining ettinchi transhini to‘sib qo‘ydi.

Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha davlat kotibi Tamas Menzer Ukraina Zakarpatiya hududida venger milliy ozchiligiga nisbatan zulmni qabul qilib bo‘lmas deb atadi va mahalliy hokimiyatni vengerlarga nisbatan «vahshiylik»ni to‘xtatishga chaqirdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, Mukachevo shahri va mahalliy qishloqlardagi davlat muassasalaridan Vengriya bayroqlari olib tashlangan, bir necha Vengriya muassasalari rahbarlari ishdan bo‘shatilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari dushanba kuni tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Vengriyaga bosim o‘tkazish niyatida. Budapesht ishtirokisiz transhni tasdiqlash rejasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

«Barcha sanksiyalardan istisnolarga ega bo‘lgan kichik rossiyaparast davlat butun Yevropa Ittifoqi pozisiyasini belgilashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», dedi ismini oshkor etmagan yevropalik diplomatlardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!