Vengriya Ukrainadagi mojarolarga aralashmaydi

Vengriya Ukrainadagi mojarolarga aralashmaydi

Vengriya Ukrainaga qurol yetkazib berish niyatida emas va kelajakda ham buni amalga oshirmaydi, bu tanlovni vengriya xalqi qilgan, dedi tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.

U Ukrainaga Germaniya va AQShdan tanklar yetkazib berish haqidagi qarorni shunday izohladi.

“Vengriya xalqi o‘tgan yilgi parlament saylovlarida aniq qaror qabul qildi – eng muhimi, biz bu urushdan chetda qolishimizdir. Biz urushga hech kim tarafda kirmaymiz va qo‘shilishni xohlamaymiz”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Siyyarto "harbiy ritorikani tinch yo‘l bilan" o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!