Venesuelada favqulodda holat rejimi yana bir oyga uzaytirildi

Venesuelada favqulodda holat rejimi yana bir oyga uzaytirildi

Venesuela hukumati koronavirus sabab o‘rnatilgan favqulodda holat rejimini yana 30 kunga uzaytirdi.

Tegishli farmon mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tomonidan imzolandi.

U o‘z qarorini “Venesolana de Televisión”  telekanalida namoyish etilgan nutqida ma’lum qildi.

"10 avgustdan boshlab, karantin haftasi yumshatish haftasiga almashtirilganda,"ettidan yettigacha "rejimi asosida sanitariya tadbirlarini bosqichma-bosqich olib tashlashni boshlaymiz”, deydi mamlakat rahbari.

Mamlakatda favqulodda holat 13 martda joriy etildi. Bir necha kundan keyin esa qattiq karantin rejimi kuchga kirdi.

Epidemiya boshlangandan beri mamlakatda 25 mingdan ortiq aholida COVID-19 tashxisi tasdiqlandi, 220 dan ortiq kishi infeksiyadan vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!