Venda sayyohlik avtobusi haydovchisi juda sekin haydagani uchun 150 yevro jarimaga tortildi

Venda sayyohlik avtobusi haydovchisi juda sekin haydagani uchun 150 yevro jarimaga tortildi

Venada sayyohlik avtobusi haydovchisiga juda sekin harakatlangani uchun 150 yevro jarima solindi.

68 yoshli Karl K. Heute portaliga bergan intervyusida San’at tarixi muzeyi yaqinidagi chorrahaga sekin yaqinlashganini aytdi. Bunga sabab — oldinda svetoforning qizil chirog‘i yonib turgani bo‘lgan.

Keyinchalik haydovchiga avtobusni «haddan tashqari sekin haydab, boshqa transport harakatiga xalaqit bergani» uchun jarima to‘lash haqida qaror kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda avtobus aynan qanday tezlikda harakatlangani ham ko‘rsatilmagan.

Karl K. jarima ustidan shikoyat qilmoqchi.

Avstriyaning avtomobil klubi ÖAMTC ta’kidlashicha, transport vositasining tezligi yo‘l va harakat sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Qizil svetoforga sekin yaqinlashishning o‘zi esa asosli va o‘rinli harakat bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани Ð