Velosiped haydash nimasi bilan foydali?

Velosiped haydash nimasi bilan foydali?

Velosiped haydashning foydasi katta. Quyida buning sabablarini keltirib o‘tamiz:

Qon aylanishini yaxshilaydi

Pedallarni bosar ekansiz, yuragingiz tezroq urishi va ko‘proq qon haydashini ta’minlaysiz. Velo-sayrlarni tez-tez uyushtirib tursangiz, yurak mushaklari zo‘riqishga moslashadi. Yurak qisqarishlari chastotasi optimallashadi, tomirlarda qon quyulmaydi. Demak, tromblar va varikoz shakllanishi xavfi kamayadi.

Muskullar cho‘zilishiga yordam beradi

Oyoq, buksa va qorin mushaklarining intensiv faoliyati yirik muskul massasi hosil bo‘lishi, ammo qorinning tortilishi va oyoqlarning chiroyli bo‘lishini ta’minlaydi.

Ko‘z nurining o‘tkirligini mustahkamlaydi

Nigohni uzoqqa qaratish va shu bilan birga g‘ildiraklarga ham nazar solish zarurati – ko‘z muskullari uchun ajoyib badantarbiyadir, ayniqsa, kun davomida kompyuter qarshisida o‘tiradiganlar uchun.

Kislorod bilan to‘yintiradi

Velosiped haydaganda o‘pkalarda faol ventilyasiya yuz beradi: ular kislorod bilan to‘yinadi va zararli moddalardan tozalanadi.

Ozishga yordam beradi

Hattoki shoshilmay velosiped haydash ham soatiga 200 kkal sarflashga imkon beradi. Boshqa jismoniy faoliyatlarga nisbatan kam charchaysiz ham.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!