Vaziyat jiddiy! O‘zbekistonda kecha 300 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 2 kishi o‘ldi

Vaziyat jiddiy! O‘zbekistonda kecha 300 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 2 kishi o‘ldi

🔺2021 yil 17 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86680 (+342) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
📌3 nafari Andijon viloyatida,
📌10 nafari Buxoro viloyatida,
📌8 nafari Jizzax viloyatida,
📌2 nafari Navoiy viloyatida,
📌3 nafari Namangan viloyatida,
📌29 nafari Samarqand viloyatida,
📌3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌4 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌1 nafari Xorazm viloyatida,
📌 50 nafari Toshkent viloyatida,
📌221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
📌Buxoro viloyatida 8 nafar,
📌Namangan viloyatida 5 nafar,
📌Samarqand viloyatida 22 nafar,
📌Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
📌Toshkent viloyatida 37 nafar,
📌Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84043 (+205) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

⚫️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 638 nafarni tashkil qildi.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!