Vazirlik va idoralarda kadrlar siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi

Vazirlik va idoralarda kadrlar siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi

Vazirlik va idoralarda kadrlar siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi

Davlat organ va tashkilotlarida kadr siyosatini yuritishni baholash bo‘yicha 10 ta indikatordan iborat reyting joriy qilinadi va u har 6 oyda e’lon qilib boriladi.

▫️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi buning yordamida davlat idoralaridagi vakansiyalar to‘ldirilishi va muddatlarga rioya qilinishi, xodimlarning qo‘nimsizlik darajasi hamda ish muhitini baholashni rejalashtirayapti.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Ilhom Qurbonov bu qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi.

▪️ Yangi tartib uchun 1 oy davomida xorijiy tajriba, ikki hafta davomida 15 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida o‘rganishlar olib borilgan. Natijada 10 ta asosiy va qo‘shimcha indikatorli reyting tizimi yaratildi. «Reyting ham baholovchi tashkilot, ham baholanayotgan sub’ekt tashkilot tomonidan birgalikda ishlab chiqildi. Ya’ni bu bilan o‘yin qoidalariga hamma rozi bo‘ldi», — dedi Ilhom Qurbonov (https://t.me/hrassistant_uz/49).

▫️Reytingda qo‘yidagi baholash indikatorlari va ularni hisoblash usullaridan foydalaniladi:

▪️Asosiy indikatorlar:
➖ davlat tashkilotidagi vakansiyalar darajasi;
➖ vakant lavozimlarning yopilish muddati;
➖ davlat tashkilotidagi qo‘nimsizlik darajasi;
➖ inson kapitalini rivojlantirish koeffisiyenti;
➖ xodimlarning yuqori malaka darajasi ko‘rsatkichi (fan nomzodi, falfasa doktori, fan doktori);
➖ xalqaro e’tirof etilgan reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni;
➖ «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi.

▪️Qo‘shimcha indikatorlar:
➖ ma’lumotlarni o‘z vaqtida va xatosiz taqdim etganlik bo‘yicha;
➖ umumiy xodimlardagi xotin-qizlar ulushi;
➖ umumiy xodimlardagi yoshlar ulushi.

📈 Reyting baholari formula orqali 100 ballgacha asosiy va 20 ballgacha qo‘shimcha ballari asosida aniqlanadi:

▫️ «A’lo» daraja — 81 balldan 100 ballgacha;
▫️ «Yaxshi» daraja — 71 balldan 80 ballgacha;
▫️ «Qoniqarli» daraja — 55 balldan 70 ballgacha;
▫️ «Qoniqarsiz» daraja — 54 ballgacha.

Baholashdagi indikatorlar ko‘rsatkichlari «Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi» dasturiy-apparat kompleksi orqali aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!