Vatikandagi yuqori darajali lavozimga ayol kishi tayinlandi

Vatikandagi yuqori darajali lavozimga ayol kishi tayinlandi

Joriy yilning 15 yanvarida Rim papasi Fransis Vatikan Davlat kotibiyatidagi yuqori martabali lavozimga ilk bora ayol kishini tayinladi. Davlat kotibiyati mamlakatning diplomatik va ma’muriy markazi hisoblanib, bu yerda asosan erkaklar faoliyat olib boradi.

66 yoshli italiyalik ayol-Franchesca Di Jiovanni Davlatlar bilan aloqalar bo‘limida kotib o‘rinbosari lavozimga kirishadi va tashqi ishlar vazirining ikki nafar o‘rinbosaridan biri hisoblanadi.

Rim-katolik cherkovi faqat erkaklarni ruhoniylikka tayinlanishiga imkon beradi. Chunki ayollar an’anaviy tarzda ma’muriy ishlardan chetda saqlanib kelinadi.Biroq, ayollar tashkilotlari uzoq vaqtdan beri Rim Papasidan Vatikandagi yuqori lavozimlarga ko‘proq ayollarni tayinlashga chaqirib keladi. Ular dunyodagi 1,3 milliard katoliklarning yarmidan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etishini ta’kidlashadi.

Ma’lumot uchun,  Rim shahrining ichida joylashgan suveren davlat Vatikan dunyodagi 180 dan ortiq mamlakat bilan diplomatik aloqalarga ega.

Manba: tarjumon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!