Vashingtonning Afg‘oniston bo‘yicha eng yomon prognozlari amalga oshmadi

Vashingtonning Afg‘oniston bo‘yicha eng yomon prognozlari amalga oshmadi

Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken amerika kontingenti olib chiqilishi oqibatlarini izohlar ekan, aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘oniston hududidan harakat qilayotgan terrorchilar faolligida o‘sish kuzatilmagan. Bundan tashqari, Vashington, agar kerak bo‘lsa, u yerda yashiringan terrorchilarni ham qo‘lga kiritishga qodirligini ko‘rsatdi («Al-Qoida» yetakchisi Ayman al-Zavohiriyning yo‘q qilingani haqida ma’lumot). Afg‘onistondan qochqinlarning ommaviy chiqishi ham kuzatilmagan.

Blinken, shuningdek, qatarlik hamkasbi Muhammad bin Abdurrahmon al-Tani bilan telefon orqali muloqot qildi va AQShning afg‘onlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!