Vashington Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Vashington Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Vashington Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishning barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

«Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun stolda barcha variantlar bor», dedi u Al-Arabiya telekanaliga.

Yakshanbaga o‘tar kechasi noma’lum dronlar Erondagi harbiy ob’ektlarga hujum qildi. Al-Arabiya telekanalining xabar berishicha, Amerika samolyotlari Isfahondagi hujumda ishtirok etgan va uning nishoni ballistik raketalar ombori bo‘lgan. Pentagon so‘zlovchisi AQShning Eronga berilgan zarbalarga aloqasi yo‘qligini aytdi, ammo qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi. Keyinroq Wall Street Journal gazetasi AQSh rasmiylariga tayanib, uchuvchisiz samolyot hujumi ortida Isroil turganini yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!