Vashington Eron bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Vashington Eron bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Qo‘shma Shtatlar Iordaniya va Iroqdagi amerikalik harbiy xizmatchilarning o‘limidan so‘ng Eron bilan to‘liq ko‘lamli urushga qaytish arafasida.

Bu haqda The Washington Post nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Oq uydagi muhokamalardan xabardor AQSh rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eronga qarshi harbiy operasiyani kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda.

Nashr Pentagon Yaqin Sharqdagi jangovar havo kuchlarini ko‘paytirayotganini ta’kidlaydi. Biroq, operasiyani yanada kengaytirish havo mudofaasi zaxiralari va uzoq masofali o‘q-dorilarning kamayishi, shuningdek, jangovar yo‘qotishlar tufayli qo‘shimcha qo‘shinlar va samolyotlarni joylashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi bilan murakkablashishi mumkin. Bir manba AQShda operasiyalarni xavfsiz davom ettirish uchun resurslar yetishmasligini aytdi.

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududiga yangi zarbalar to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi.

O‘z navbatida, Eron agar AQSh hujumlari davom esa, hujumkor operasiyalar va "vayron qilish bosqichi" boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy dushmanga qarshi zarbalar mamlakatning janubiy qirg‘og‘ida va Hormuz bo‘g‘ozida tinchlik tiklanmaguncha davom etishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.