Vashington bosh prokurori Trampning o‘g‘lini so‘roq qilmoqchi

Vashington bosh prokurori Trampning o‘g‘lini so‘roq qilmoqchi

Kolumbiya okrugi (Vashington) bosh prokurori Karl Rasin AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li kichik Donald Trampni so‘roq qilmoqchi.

“Washington Post”  gazetasi bu haqda Bosh prokuratura idorasiga asoslanib xabar bermoqda.

“Kichik Trampga 2017 yil yanvarida otasining inauguraiyasini o‘tkazish uchun yig‘ilgan mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirganligi to‘g‘risida so‘roq qilinishi haqida xabar berildi”, deyiladi ma’lumotda.

Tergovchilarning fikricha, inauguraiya uchun mablag‘ yig‘ish qo‘mitasi “Trump Organization” kompaniyasiga tegishli mehmonxonadagi ziyofat zali, xonalar va boshqa sarf-xarajatlar uchun 1 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!