Vaksina yaratilgunga qadar koronavirusni mag‘lub qilish usuli ma’lum qilindi

Vaksina yaratilgunga qadar koronavirusni mag‘lub qilish usuli ma’lum qilindi

Epidemiolog Mixail Favorovning aytishicha, koronavirusga qarshi malakali kurash vaksina yaratilguniga qadar pandemiyaning sur’atini pasaytirar ekan.

Amerikalik matematiklarning karantin davrida COVID-19 juda sekin tarqalishini taxmin qilgan ma’lumotlariga izoh berarkan, “Agar aholining 90 foizi karantinda bo‘lsa ham 10 foizi ushbu chorani buzishda davom etsa, epidemiyani yengish mumkin bo‘lmaydi”, deb ta’kidladi epidemiolog.

Favorov, shuningdek, muammoning ob’ektiv yoritilishi va unga jiddiy munosabatda bo‘lish ham koronavirusni yengishga yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Mutaxassisning alohida qayd etishicha, Pekin tezkor choralar ko‘rgan va virus tarqalishining episentri - 11 million aholisi bo‘lgan Uxan shahrini karantinga olgan hamda qoidabuzarlar uchun 10 yildan to umrbod qamoq jazosiga bo‘lgan choralarni qo‘llagan. Shu bois ham endilikda hududda hayot yana o‘z iziga qaytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!