Vaksina olish haqida Homidjon Ishmatbekov: "Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, halol tomonga o‘tdi degan xulosani beryapmiz"

Vaksina olish haqida Homidjon Ishmatbekov: "Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, halol tomonga o‘tdi degan xulosani beryapmiz"

Xalqaro Press-klubda o‘tkazilgan «Yangi qonun tahlili: asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar» mavzusida sessiyasida Sherzod Qudratxo‘jayevning vaksina haqida bergan savoliga O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov shunday javob berdi:

«Hozirgi kunda koronavirus kasalligining yana avj olishi kuzatilyapti. Shu nuqtai nazardan vaksina ham kirib kelyapti. Islom ta’limotlari beshta maqsadga qaratilgan. Shulardan eng muhimi – insonning hayotini saqlash. Insonning hayotini saqlash yo‘lida dinimiz ko‘p narsalarni yengillashtirib, ba’zi holatlarda voz kechishga chaqiradi. Hatto hayotni saqlab qolish uchun shundan boshqa chora qolmasa harom narsalardan ham foydalanishga ruxsat beriladi. Qur’oni karimda “Kimki qiyin ahvolga tushib qolsa, undan boshqa chora yo‘q bo‘lgan paytda shariatda qaytarilgan narsani qilsa, unga gunoh yo‘qdir” degan oyat bor. Bu nimani ko‘rsatadi? Insonning hayoti birinchi o‘rinda turadi.

O‘tgan yildan beri qanchadan-qancha odamlar koronavirusga mubtalo bo‘lib, dunyodan ko‘z yumib ketdi. Hozir ham davom etyapti. Vaksinalar chiqayotgani, davo topilayotgani bizga Xudoning marhamati. Buni qabul qilishimiz, o‘z hayotimizni muhofaza omili sifatida qarashimiz kerak. Bizga kelgan savolllarda ba’zi nojoiz narsalardan tayyorlanayotgan ekan degan gaplar ham bor. Aslida unday emas. Bo‘lgan taqdirda ham bir narsaning hukmi boshqa narsaga o‘tgandan keyin o‘zgaradi, degan qoida bor. Shuning uchun bu narsalarga e’tibor berish kerak emas. Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, halol tomonga o‘tdi degan xulosani beryapmiz».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!